08 may 22:37
Yangiliklar
Dzyudo
Qozon "Katta Dubulg'a". Umumjamoa hisobida kim birinchi bo'ldi? (FOTO)
Xabar berganimizdek, Rossiyaning Qozon shahrida dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnir bo'lib o'tdi.
Uch kun davomida sayyoramizning besh qitasi 79 davlatidan kelgan jami 407 nafar dzyudochi medallar hamda Tokio Olimpiadasining muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqdi. Yakunda umumjamoa hisobida Rossiya terma jamoasi birinchi o'rinni egalladi. Mezbonlar 4 ta oltin, 6 ta kumush, 5 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Dzyudo vatani vakillari - Yaponiya terma jamoasi 3 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, franciyalik dzyudochilar 2 ta oltin va 1 ta kumush medalni jamg'argan holda kuchli uchlikka yakun yasashdi. TOP-10talikdan Germaniya, Niderlandiya, Gruziya, Vengriya, Polsha, Braziliya va Belarus terma jamoalari joy olishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar