24 sen 07:01
Yangiliklar

Qozoq tennischisi Hangzhou Open chempioni!
Bu qozog'istonlik tennischining 2025 yilgi mavsumdagi to'rtinchi ATP sovrini bo'ldi. Bublik hal qiluvchi final uchrashuvida ATP reytingida 88-pog'onada borayotgan franciyalik Valenten Royeni tay-breklarda mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(4), 7/6(4). Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Bir soatu 52 daqiqa davom etgan bahsda Bublik 21, Roye 8 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham o'z geymlarida zafar quchishdi va buning natijasida breyk qayd etilmadi.
Aleksandr faoliyatida qo'lga kiritgan ATP sovrinlari soni 8 taga etdi. Ularning teng yarmiga bu yilgi mavsumda ega chiqdi. 2025 yilda u barcha qoplamali turnirlarda chempion bo'ldi. Bublik bungacha Galleda maysa, Gshtaad va Kitcbyuelda qum qoplamali kortga zafar quchgandi.
Hangzhou Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Bublikka 250 reyting ochkosi hamda 154 980 dollar mukofot puli keltirdi.
Fikrlar