12 dek 10:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Qudratillo Abduqahhorov ishtirokidagi jang yakunlandi
Hozirgina bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov ishtirokidagi jang yakunlandi.
Hamyurtimiz kanada vakili Kodi Krouliga qarshi ringga ko'tarildi. 10 raundga mo'ljallangan bahs to'liq davom etdi. Jangning ikkinchi raundida bokschimiz raqibini nokdaun qilishga erishganiga qaramasdan, qolgan raundlarda kanadalik bokschi ancha yaxshi harakat qildi va ochkolar evaziga g'alaba qozondi.
SHu tariqa, Qudratillo Abduqahhorov faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni qabul qildi. Kodi Krouli esa faoliyatini mag'lubiyatsiz davom ettirishga erishdi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar