10 mar 10:28
Yangiliklar
Qudratillo Abduqahhorov Joshuaga qarshi jangiga jahon chempioni bilan birga tayyorgarlik ko'rmoqda + FOTO
National Orange Show Event Center majmuasida o'tkaziladigan ushbu turnir doirasida Qudratillo Abduqahhorovga amerikalik Joshua Anton raqib bo'ladi. Bokschimiz bo'lajak jangi oldidan birinchi o'rta vaznda (69,9 kg gacha) jahon chempioni amerikalik Sebastyan Fundora (23-1-1, 15 KO) bilan birga sparring-mashg'ulot o'tkazdi. Bo'yi anchayin baland bo'lgan Fundora 29 mart kuni o'z kamarini hamyurti Kit Turman (31-1, 23 KO)dan himoya qiladi.
"Katta rahmat, chempion. Ajoyib mashg'ulot bo'ldi. Bo'lajak jangingda omad, do'stim", deb yozdi Abduqahhorov o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Malumot uchun, Qudratillo Abduqahhorov professional boksdagi faoliyati davomida hozirgacha 27 ta jang o'tkazib, 22 g'alaba va 5 ta mag'lubiyat qayd etgan. Joshua Anton hisobida esa 12 ta jangda qo'lga kiritilgan 12 ta g'alaba bor.


Fikrlar