14 dek 13:06
Yangiliklar

Qudratillo Abduqahhorov: ”Kuchli bo'lib qaytaman”
Bir necha kun avval prof bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov kanadalik Kodi Krovliga qarshi to'qnashuvda ochkolar hisobiga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi. Kutilmagan mag'lubiyat o'zbekistonlik boks muxlislarini anchagina ranjitdi. Bokschimiz saytimiz muxbiri bilan suhbatda mazkur jang haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
«Nasib qilsa, 3-4 kundan so'ng O'zbekistonga qaytaman. Biroz dam olib, yangi yildan mashg'ulotlarni boshlayman. Mag'lubiyat haqida nima deyman? Jangni qayta ko'rdim. Xatolar ustida ishlaymiz. In SHaa Alloh, yanada kuchli bo'lib qaytaman. SHunaqa bo'lishi kerak ekan, bo'ldi. Qo'limdan kelganicha harakat qildim. G'alaba ham mag'lubiyat ham Allohdan», - dedi Abduqahhorov.
Biz ham bokschimizni o'zi takidlaganidek, yanada kuchli bo'lib qaytishiga ishonamiz!
Fikrlar