10 dek 10:50
Yangiliklar

Qudratillo Abduqahhorov: "Maqsadim - Eroll Spensning kamari!"
Biz uchun ahamiyatlisi, oqshom doirasida hamyurtimiz Qudratillov Abduqahhorov (18-0 10 KO) ham o'z jangini o'tkazadi. Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan charm qo'lqop ustamiz o'zi singari barcha janglarini g'alaba bilan yakunlagan kanadalik Kodi Krovli (19-0 9 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi.
ShowTime tomonidan translyaciya qilinadigan ushbu jang oqshomi ishtirokchilari rasmiy ko'z urishtirish marosimi hamda matbuot anjumanida yuzma-yuz kelishdi.
"Men bu jangga murabbiyim bilan birgalik juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdim. Raqibimni nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratmoqchiman. Asosiy maqsadim esa Errol Spensning kamarini qo'lga kiritish. Men shuning uchun ham bu erdaman", - dedi Abduqahhorov.
Malumot uchun, boks kechasining markaziy jangi eng engil vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni hisoblangan filippinlik mashhur bokschi Nonito Doneyr hamda uning vatandoshi Reymart Geballo o'rtasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar