04 okt 17:36
Yangiliklar

Qudratillo Abduqahhorovning jang sanasi o'zgardi
Avval xabar berganimizdek, yarim o'rta vazn toifasidagi ushbu 12 raundlik kamar uchun jang 10 oktyabr kuni AQSHning Konnektikut shtatida o'tkazilishi kerak edi. "Sun Casino" arenasi mezbonlik qiladigan hamda "Showtime" telekanali orqali translyaciya qilinadigan jang g'olibi vaqtinchalik IBF chempionlik kamarini qo'lga kiritadi.
Hamyurtimizning AQSH vizasini ololmayotgani sabab jang ikki hafta keyinroqqa, aniqrog'i 24 oktyabrga ko'chiriladi. Ayni paytda Qudratillo Toshkentda bo'lib turibdi va vizani olishi bilan okean ortiga jo'nab ketadi.
Malumot uchun, Qudratillo Abduqahhorov shu kungacha prof boksda 17 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan (9 ta nokaut). Lipinecning janglari soni ham 17 tani tashkil etadi. Faqat u 16 ta jangda g'olib bo'lgan (12 ta nokaut). 1 ta jangda esa yutqazib qo'ygan.
Fikrlar