15 fev 11:45
Yangiliklar
Qudratillo Abduqahhorovning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum
Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, Qudratillo navbatdagi jangini 17 mart kuni Malayziyada o'tkazadi. O'sha kungi jangda bokschimizga vengriyalik Laslo Tot raqiblik qiladi. Malumot uchun, vengriyalik bokschi faoliyati davomida professional ringda 29 marotaba jang o'tkazib, ularning 25tasida g'alaba qozongan (17ta nokaut). Uchta jangda esa mag'lubiyatga uchragan. Janglarning bittasida durangga erishgan.
Qudratillo esa 13ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. 9tasida u raqiblarini nokaut evaziga mag'lub etgan.
Taqqoslash uchun, Qudratillo ayni paytda WBC reytingida 6, WBA da 6, IBF da 7, vRinge reytingida esa 10-o'rinni egallab turibdi.
Tot esa IBF reytingida 15-pog'onani band etgan. Qolgan yo'nalishlar bo'yicha reytingda kuchli 15likda uning nomi qayd etilmagan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Qudratillo 24 fevral kuni AQSHda jang qilishi haqida malum qilingandi. Ammo, bugungi kunga kelib, uning rejalari o'zgargan va bokschimiz navbatdagi jangini Malayziyada o'tkazadi.
Fikrlar