14 iyu 07:11
Yangiliklar
RAF 10 tarozi natijalari: Bekzod Abdurahmonov, Xamzat CHimaev, Arman Carukyan, "qariya" Toni Fergyuson taroziga chiqdi
Oqshomning asosiy bellashuvi oraliq vaznda o'tkaziladi va unda sobiq UFC chempioni Xamzat CHimaev Dillon Denisga qarshi gilamga chiqadi. BAA sharafini himoya qilayotgan chechenistonlik aralash yakkakurash ustasi 92.26 kg, uning raqibi esa 92.99 kg vazn qayd etdi.
Ahamiyati jihatidan ikkinchi muhim jangda amaldagi va sobiq UFC jangchilari Arman Carukyan hamda Toni Fergyuson o'zaro kurash gilamida to'qnash keladi. Arman - 76.66, faxriy Toni esa 75.11 kg vazn ko'rsatdi.
Biz uchun ahamiyatlisi, Olimpiya o'yinlari sovrindori Bekzod Abdurahmonov ham RAF 10 turniri kardida Kigan O'Tulga qarshi gilamga chiqadi. Tarozida hamyurtimiz raqibidan birozgina og'irroq chiqdi - Kigan 79.29, Abdurahmonov 79.38 kg!
RAF 10 turniri tarozi natijalari:
Xamzat CHimaev (92.26 kg) – Dillon Denis (92.99 kg)
Arman Carukyan (76.66 kg) – Toni Fergyuson (75.11 kg)
Aaron Piko (72.48 kg) – Lens Palmer (72.30 kg)
Lyusiya Yepes (54.07 kg) – Kendra Rayan (54.25 kg) – ayollar o'rtasida minimal vazn vaqtinchalik kamari uchun jang
Ostin DeSanto (61.14 kg) – Reyneri Andreu (61.14 kg) – o'ta engil vaznda chempionlik kamari uchun jang
Xeyden Zilmer (97.16 kg) – Rizabek Aytmuxan (97.25 kg)
Sebastyan Rivera (69.76 kg) – Xadji Aliev (70.03 kg)
Kigan O'Tul (79.29 kg) – Bekzod Abdurahmonov (79.38 kg)
Endryu Alayrez (65.59 kg) – Jeydin Ayerman (65.59 kg)
Yonger Bastida (109.41 kg) – SHamil SHaripov (110.68 kg)
Arsen Arutyunyan (61.24 kg) – Kaleb Smit (61.14 kg)

Fikrlar