11 jan 11:34
Yangiliklar
RAF 5. Romeroda mag'lubiyat, Kovingtonda g'alaba + FOTO
Erkin kurash qoidalari bo'yicha o'tkazilgan RAF 5 turniri doirasida bir necha taniqli UFC jangchilari ham gilamga chiqdi. Ular orasida Arman Carukyan, Yoel Romero, Kolbi Kovington singari mashhur aralash yakkakurash ustalari ham bor edi.
Jumladan, 48 yoshli Romero yosh kurashchi Stiven Byukenenga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Stiven muddatidan oldin 10-0 hisobida zafar quchdi. 37 yoshli Kolbi Kovington esa turnirning markaziy jangida 41 yoshli Lyuk Rokxoldni ishonchli tarzda mag'lub etdi. Jang Kovington foydasiga 12-0 hisobida yakunlandi.
Eslatib o'tamiz, oqshom doirasida Armaniston va Rossiya sharafini himoya qilayotgan engil vazn toifasi UFC reytingining birinchi raqamli jangchisi Arman Carukyan amerikalik Lens Palmerni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratdi. Arman jangchisi raqibini ustunlik bilan ortda qoldirdi va 10-0 hisobida g'alaba qozondi.


Fikrlar