12 avg 14:58
Yangiliklar

Rafael dos Anosning fikricha, Maykl CHendler Konor Makgregorga qarshi jang qilishga loyiq emas
Engil vazn toifasida braziliyalik sobiq UFC chempioni Rafael dos Anos Konor Makgregor va Maykl CHendler o'rtasidagi jang bo'lmasligiga umid qilmoqda.
"Makgregor kim bilan xohlasa, o'sha bilan jang qiladi. Raqiblarini uning o'zi tanlaydi. CHendler bilan jang mantiqan olib qaraganda to'g'ri, sababi jang shou bo'ladi. Lekin, Maykl bu jangga loyiq emas edi. Makgregor bilan to'qnash kelishga munosibroq boshqa yigitlar ham bor.
O'tmishda TUF murabbiylari urishmagan vaziyat ham bo'lganmi, anig'ini bilmayman. Lekin, bu holatda ananani buzish mantiqan to'g'ri bo'ladi. To'g'risini aytsam, CHendlerga qarshiligim yo'q, lekin Makgregorga munosibroq raqiblar bor", - dedi dos Anos.
Havola :
Manba : fightnews_info
O’xshash yangiliklar
15:20
Uordli yangilangan WBA reytingida peshqadamlikni saqlab qoldi, Xanter va Itauma kuchli uchlikda 0
Fikrlar