24 sen 14:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Rafael Fiziev CHarlz Oliveyraga qarshi jangdan voz kechish sababini tushuntirdi
Ozarbayjonlik UFC jangchisi Rafael Fiziev nimaga CHarlz Oliveyraga qarshi jangdan voz kechganiga izoh berdi.
"Ko'plar mendan nima bo'lganini, nima uchun jangdan vaz kechganimni so'ramoqda. Men yana tizzamni jarohatladim, lekin baxtimga operaciya zarur emas. Biroq men 100 foiz harakat qila olmayman: to'liq ishlay olmayman, kurasha olmayman, sparring qila olmayman. Hozir tiklanish uchun bir necha oy kerak. Undan so'ng yana janglarga qaytish rejam bor", — deb yozdi Fiziev ijtimoiy tarmoqlarda.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar