05 dek 11:13
Yangiliklar
Rafael Nadal: "Doimo o'zimdan maksimalini talab qilganman"
Ispaniyalik tennischi 2023 yilgi mavsumni oyog'idagi jarohati sababli to'laligicha o'tkazib yuborgandi.
"Nimalarnidir elon qilib qo'yishga qo'rqdim. Operaciya sababli bir yil kortga chiqmaganim uchun ko'p narsa meni tashvishlantirdi. Fikrimcha, barchasiga tayyorman. Umid qilaman va ishonamanki, yana kortda zavq olishni boshlayman. Kortlarda yana asabiylashishni, qo'rqish hislarini tuyishni xohlayman.
Doimo o'zimdan maksimalini talab qilaman. Bu rost. Men o'zimdan faoliyatim davomidagi eng katta talablarni talab qila olmasligim mumkin. Ayni damda o'sha paytdagi shart-sharoitlarda emasman. Uzoq emas, balki yaqin kelajakda barchasi o'zgarib ketishi mumkin. Buning uchun men o'sha orzular va ruhiyatni saqlab qolgan bo'lishim kerak", - dedi Nadal.
Fikrlar