03 jan 18:48
Yangiliklar
Tennis
Rafael Nadal eng asosiy maqsadi haqida gapirdi
Dunyoning birinchi raketkasi Rafael Nadal eng asosiy maqsadi sog'-salomat bo'lish ekanligini aytdi.
"Takrorlayman, eng asosiysi sog'-salomat bo'lib qolish. Agar men sog'lom bo'lsam, kerakli darajada mashg'ulot olib bora olaman. O'yinlarga tayyor bo'lsam, raqobatbardoshlik darajasiga qaytish mumkin.
Agar ertaga kortga chiqib, yana muammolar paydo bo'lsa, jarayon qiyinlashib ketadi. SHuning uchun, men uchun eng asosiysi sog'lom bo'lish", - dedi Nadal.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar