07 mar 16:16
Yangiliklar
Tennis
Rafael Nadal jarohati haqida: "Kutilganidan sekinroq tuzalmoqda"
"Katta Dubulg'a" turnirlarining 22 karra g'olibi, ispaniyalik Rafael Nadal jarohatini davolash jarayoni haqida gapirdi.
"Jarayon bosqichma-bosqich davom etmoqda. Avstraliyada bu haqida kam gapirgandim, lekin u erda jiddiy jarohat olgandim.
Tiklanish kutilganidan sekinroq ketmoqda. Bizda sabr qilishdan boshqa tanlov yo'q. Turnirlar davom etmoqda va men ham endi 20 yosh emasman.
Monte-Karlo, Barselona yoki Madriddagi turnirga qayta olamanmi yoki yo'qmi, bilmayman. Ammo men o'ynashni istayman. SHuning uchun birinchi imkoniyat tug'ilishi bilanoq qaytaman.
Qumli mavsum yaqinlashmoqda va men kuchayishim lozim. Ammo men uchun asosiysi sog'lom qolish", - dedi Nadal.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar