03 jan 07:20
Yangiliklar
Rafael Nadal: "Men hamma narsadan mamnunman"
Jahonning ikkinchi raketkasi, ispaniyalik Rafael Nadal yangi mavsum boshida o'zini qanday his qilayotganini aytib berdi. 36 yoshli tennischi bu yilgi dastlabki ikki uchrashuvda britaniyalik Kemeron Norri va avstraliyalik Aleks De Minaurga yutqazdi.
"Hammasi yaxshi, jismoniy nuqtai nazaridan hammasi juda yaxshi. Ha, men maydonda biroz tezroq, dinamikroq bo'lishim kerak, o'yinni yaxshiroq o'qiy olishim kerak. Lekin o'yin amaliyoti o'zimga ishonch qo'shadi.
Jismoniy holatga kelsak, shikoyat qiladigan narsam yo'q. Men hamma narsadan mamnunman.
Avstraliya Ochiq chempionati arafasida men faqat yaxshilanishim kerak. SHu xolos. Bu sodir bo'lishiga chin dildan ishonaman. Qachonligini bilmayman, lekin tez orada, shunga umid qilaman. Nazarimda, avvalgi darajamga qaytishga yaqin qolgandek ko'rinadi", - dedi Nadal Sidneydagi matbuot anjumanida.
Fikrlar