09 noy 19:25
Yangiliklar
Rahmatjon Ro'zioxunov medallar sifati bo'yicha Qozog'istondan o'tish va Asilbek Jalilovning mag'lubiyati haqida gapirdi
Asosiy raqibimiz Qozog'iston. Lekin boshqa davlatlardan ham bir nechta nomdor bokschilar chiqadi. Boshqa jamoalarda ham kuchli bokschilar bo'lmasa boksni keragi yo'q.
To'g'ri, yarim finalgacha qozog'istonliklar ko'proq etib keldi. Medallar sifati bo'yicha ulardan o'tib keta olamizmi? Buni hammasi Allohdan. Ko'proq oltin medal olib umumjamoa hisobida birinchi bo'lish uchun harakat qilamiz.
- SHahzod Muzaffarov va Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev ham qozoq bokschilariga qarshi jang qiladi. Har ikki bokschimiz uchun biroz jiddiyroq raqib. Bu janglar haqida nima deya olasiz?
- Qozog'iston juda yaxshi tarkib bilan kelgan. O'ylaymanki, yigitlarimiz ularga qarshi yaxshi jang ko'rsatadi.
- Asilbek Jalilovdan ko'prog'ini kutgan edik...
- Asilbek Jalilovni mag'lubiyatiga keladigan bo'lsak, raqibi - qozog'istonlik bokschi ancha tajribali edi, Asilbek jangga ruhan tayyorlana olmadi. Jalilov hali juda yosh. Yana mehnat qilib o'zini ko'rsatadi degan umiddamiz.
Fikrlar