28 noy 20:20
Yangiliklar

Rahmatjon Ro'zioxunov Tayson - Jons jangi haqida fikr bildirdi
"Ikkalasini ham yaxshi ko'raman. Roy Jons bilan AQSHda 1 marta, Rossiyada 2 marotaba uchrashganman. Juda ham oqko'ngil inson. Sankt-Peterburgda ko'rishganimizda Iqboljon Xoldorovni bizga beringlar, o'zimiz tarbiyalaymiz degan. O'zbek boksiga qiziqishi balandligini bildirgan. Bizga bo'lgan etiborini ko'rib juda xursand bo'lganman.
Tayson bilan uchrashmaganman. Lekin unga hurmatim baland. Biz 89 yillarda boks tushib yurganimizda kumirimiz Mayk Tayson edi-da. Ayniqsa musulmonlikni qabul qilganligi uchun ham yaxshi ko'raman. Men uchun ikkalasi birdek.
O'ylaymanki, bu juda katta shou bo'ladi. Qaysi biri kuchli tayyorlangan bo'lsa, o'sha g'alaba qozonadi. Bu boks oqshomini mazza qilib tomosha qilishni xohlayman", - dedi Ro'zioxunov.
Fikrlar