30 may 07:44
Yangiliklar
Boks/MMA
Rahmatjon Ro'zioxunov va Ravshan Xodjaev "3 yulduzli murabbiy" sertifikatiga ega bo'ldi
Avvalroq o'zbekistonlik ikki murabbiy Rahmatjon Ro'zioxunov va Ravshan Xodjaev AIBA tomonidan tashkil etilgan murabbiylik kursida taxsil olayotganligi haqida malumot bergandik.
Kecha, 29 may kuni ushbu maxsus tashkil etilgan o'quv kursi o'z yakuniga etdi. Murabbiylarimiz ushbu kursni muvaffaqiyatli yakunlashdi va belgilangan tartibda o'zlari uchun atalgan sertifikatlarni qabul qilib olishdi.
Malumot uchun, ushbu "3 yulduz" toifasi yirik xalqaro musobaqalarda texnik tomonlama ko'plab imkoniyatlarni taqdim etishi bilan ahamiyatlidir.
O'zbekiston boks federaciyasi har ikki murabbiyimizni ushbu etirof bilan muborakbod etadi va kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar