15 apr 16:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Rahmatjon Ro'zioxunovni tabriklaymiz!
Bugun, 15 aprel kuni O'zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi Rahmatjon Ro'zioxunov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Malumot uchun, Rahmatjon Ro'zioxunov 1968 yili tavallud topgan. 2015 yildan buyon O'zbekiston terma jamoasida murabbiy sifatida faoliyat yuritadi. «O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy» unvoni sohibi.
Terma jamoa murabbiyi sifatida Rio va Tokio Olimpiadasida, Osiyo o'yinlarida, to'rt marotaba jahon chempionatida, uch marta Osiyo chempionatida ishlagan. Bir qator sport nashrlari tomonidan yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.
Fursatdan foydalanib, saytimiz ijodkorlari va muxlislari nomidan Rahmatjon Ro'zioxunovni bugungi tug'ilgan kuni bilan muborakbod etamiz. U kishiga mustahkam sog'liq, uzoq umr tilaymiz. O'zbek boksi rivojiga hissa qo'shishdan charchamang deb qolamiz!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar