18 avg 09:18
Yangiliklar
Ramazon oktagonga chiqadigan UFC 333 turniri kardi yana uchta jang bilan to'ldirildi
Ularning uchtasida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlari vakillari ishtirok etadi.
Tashkilot matbuot xizmatining rasmiy xabariga ko'ra, raqamli turnir doirasida dog'istonlik Abusupiyan Magomedov avstraliyalik o'rta vaznli jangchi Kemeron Rouston bilan, tojikistonlik engil vaznli jangchi Nurullo Aliev esa amerikalik Grant Douson bilan oktagonda to'qnash keladi.
SHuningdek, turnir doirasida yarim engil vazn toifasida angliyalik Arnold Allen va amerikalik Aaron Piko o'rtasida ham jang bo'lib o'tadi. Eng engil vazn toifasidagi aralash yakkakurash ustamiz Ramazon Temirov ushbu raqamli turnir doirasida angliyalik Lone Kavanaga qarshi oktagonga chiqadi.
Avvalroq, 24 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan UFC 333 turnirining markaziy jangida yarim engil vazn toifasida avstraliyalik Aleksandr Volkanovski va rossiyalik Movsar Evloev chempionlik kamari uchun kurashishi, oqshomning ikkinchi muhim jangida esa rossiyalik Pyotr Yan o'ziga tegishli o'ta engil vazndagi chempionlik kamarini gruziyalik Merab Dvalishvilidan himoya qilishi rasman elon qilingan edi.

Fikrlar