20 iyu 15:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Ramazon Temirov: "Alloh menga sinov berdi" (FOTO)
UFC promoushenidagi aralash yakkakurash ustamiz Ramazon Temirov o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirdi.
Hamyurtimiz Tailanddagi o'quv-mashg'ulot yig'inida doping uchun test topshirgan va afsuski, tahlil natijalari ijobiy chiqqan edi. Buning natijasida uning 26 iyul kuni Abu-Dabi shahrida qozog'istonlik Asu Almabaevga qarshi jangi bekor bo'lgandi. Hozircha doping uchun Ramazonga qanday jazo berilishi malum emas.
"Alhamdulillah! Har bir jangchining orzusi bo'lgan dunyoning eng yaxshi Ligasida, bo'lib ham Top jangchilar qatoridaman. Hozir Alloh menga sinov berib sinadi. Bu bo'ldi, hammasi shu joyda qoladi degani emas. Men yo'limda harakat qilishda davom etaman, In SHa Alloh. Har qanday holatda ham Alhamdulillah!", - deya o'zining instagram storisida surat va unga izoh qoldirgan Temirov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar