04 mar 17:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Ramazon Temirov ikki UFC sobiq chempioni va amaldagi chempionni jangga chorladi va keyingi jangini qachon o'tkazishi mumkinligini aytdi
O'zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov endi yoz faslida jang o'tkazish uchun tayyor bo'ladi.
Bu haqda hamyurtimiz o'zining so'nggi jangidan keyingi matbuot anjumanida aytib o'tdi.
"Men chempion bo'lishni xohlayman. Hoy Dana, men chempion bo'laman, In SHa Alloh. Bu divizionni tozalayman. Kay Kara-Frans, Brendon Moreno yoki Pantojami, muammo yo'q. Men chempionman, hammasini vaqt ko'rsatadi. Men tayyorman, men o'zbekman. Kimni raqib sifatida berishsa ham farqi yo'q. CHempionlikka tezroq borishni xohlardim, shunday ekan, top darajadagi har qanday jangchi bilan urushishga tayyorman. Endi yozda keyingi jangimga tayyor bo'laman", dedi Temirov.
Ramazon 2 mart kuni amerikalik CHarlz Jonsonni mag'lub etib, UFC'dagi ikkinchi jangida ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : Full Send MMA
Fikrlar