11 may 13:46
Yangiliklar

Ramazon Temirov ishtirok etadigan UFC Abu-Dabi turnirining markaziy jangi elon qilindi
Tashkilot matbuot xizmati ushbu turnirning asosiy qarama-qarshiligini elon qildi.
Unga ko'ra, o'rta vazn toifasidagi reytingda beshinchi o'rinni egallab turgan avstraliyalik sportchi Robert Uittaker mazkur musobaqada 13-pog'onadagi Niderlandiya vakili Rene de Ridder bilan to'qnash keladi.
34 yashar Uittaker so'nggi jangini o'tgan yilning oktyabr oyida aynan Abu-Dabida o'tkazgan va Xamzat CHimaevga mag'lub bo'lgandi. Uning hisobida jami 26 ta g'alaba va 8 ta mag'lubiyat bor. Faoliyati davomida 22 ta jang o'tkazib, 20 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan ONE FC sobiq chempioni Rene de Ridder esa 4 may tongida Bo Nikalni muddatidan oldin enggandi.
Malumot uchun, UFC Abu-Dabi turnirida hamyurtimiz Ramazon Temirov qozog'istonlik Asu Almabaevga qarshi jang qiladi.
Fikrlar