05 iyu 10:41
Yangiliklar

Ramazon Temirov: "Og'ir haftani tugatib oldim" (FOTO)
Hamyurtimiz 26 iyul kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida tashkil etiladigan UFC turniri doirasida qozog'istonlik Asu Almabaevga qarshi oktagonga ko'tariladi. Ayni paytda Temirov divizion reytingida 13, Almabaev esa 9-o'rinni egallab turibdi. Nasib qilsa, bo'lajak jangdan keyin bu o'rinlar almashadi.
"Alhamdulillah, yana bir og'ir haftani tugatib oldim. In SHa Alloh, jangga xam 21 kun vaqt qoldi. Duo qilib turinglar, azizlarim. CHiroyli g'alaba bilan sizlarni xursand etishga harakat qilaman", - deya o'zining instagram sahifasida surat joylab, uning tagida izoh qoldirgan Temirov.
Avvalroq, o'zbekistonlik UFC jangchisi divizionning amaldagi chempioni, braziliyalik Aleksandr Pantoja bilan jang qilish istagini bildirgan edi.
Fikrlar