So’nggi yangiliklar

19:21Пойтахтимизда IBA Nomad турнири ўтказилади (ПОСТЕР) 0 18:54"Андижон" футболчиси РПЛга йўл олмоқда 0 18:33Lausanne Grand Slam. Самариддин ва Сўғдиёна финал блокида бронза медали учун татамига чиқади 0 17:52Тошкент Осиё Паралимпия қўмитаси Бош ассамблеясига мезбонлик қилади 0 17:09Стол тенниси бўйича терма жамоамизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:30Тьерри Анри УЕФА президенти мукофотига сазовор бўлди 0 15:56Акбар Исломбоевнинг жанги co main event мақомида ўтади 0 15:03Мария Тимофеева US Open туфайли Монтеррей турниридаги иштирокини якунлади 0 14:33Нурмагомедов ўз вазнида! UFC Shanghai турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:00УЕФА Инфантинога қарши жиноий иш қўзғатишга тайёрланмоқда 0 13:18Хитой 2027 йилги «Формула-1» мавсумини очиб бериши мумкин 0 12:30Жалгас Жумагулов Ўзбекистонда жанг қилади 0 11:53Волкановски UFC 333 олдидан Евлоевни огоҳлантирди 0 11:01Озарбайжон Президенти "Сабаҳ"га катта миқдорда пул ажратди 0 10:22Бивол ва Смит чемпионлик жанги санаси ҳамда жойини келишиб олди 0

23 may 10:40
Yangiliklar

Boks/MMA

Ramazon Temirov oktagonga chiqadigan UFC turnirining asosiy jangi malum

25 iyul kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.

Vaziyatga yaqin ishonchli manbalarning xabar berishicha, UFC Fight Night turnirining asosiy jangi yarim og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni rossiyalik Magomed Ankalaev ishtirokida o'tkaziladi. Unga shu kuni chempionlik kamari uchun sobiq davogar amerikalik Xalil Rauntri raqiblik qiladi.

O'tgan yilning mart oyida Magomed Ankalaev hakamlarning yakdil qarori bilan Aleks Pereyrani mag'lub etib, divizionning yangi chempioniga aylangandi. Ammo oktyabr oyida o'tgan revansh jangida rossiyalik birinchi raunddayoq braziliyalik raqibiga texnik nokaut bilan yutqazib, chempionlikni boy berdi.

Xalil Rauntri esa 2024 yil oktyabr oyida Pereyradan chempionlik kamarini tortib olishga urinib ko'rgan, lekin muvaffaqiyatsizlikka uchragandi. O'shanda u to'rtinchi raundda Poatanga texnik nokaut bilan yutqazib qo'ygandi. SHundan so'ng u yana ikkita jang o'tkazib, Jamal Xill ustidan hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi, Irji Proxazkaga esa uchinchi raundda nokaut bilan yutqazdi.

Ayni paytda Magomed Ankalaev va Xalil Rauntri tashkilotning yarim og'ir vazn toifasi reytingida mos ravishda birinchi va beshinchi o'rinlarni egallab turibdi.

Xabaringiz bor, Abu-Dabi turnirida hamyurtimiz Ramazon Temirov UFC reytingida o'ninchi o'rinni egallab turgan avstraliyalik Stiv Ercegga qarshi jang o'tkazadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing