08 iyu 16:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Ramazon Temirov Tailandda Xolmurod Nurmatov bilan birga shug'ullanyapti (FOTO)
O'ta engil vazn toifasida o'zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov keyingi jangi uchun tayyorgarlikning ilk bosqichini Tailandda olib borishi haqida xabar bergandik.
Malum bo'lishicha, Temirov Puket shahridagi yig'inda jamoadoshi Xolmurod Nurmatov bilan birgalikda shug'ullanmoqda. "Qo'lmi bu yoki bel?" deya hazil tariqasida savol bergan Temirov Nurmatovga.
Ramazon keyingi jangini 26 iyul kuni UFC Abu Dhabi turniri doirasida qozog'istonlik Asu Almabaevga qarshi o'tkazadi. Xolmurod Nurmatov esa faoliyatini Rossiya Federaciyasining ACA Ligasida davom ettiryapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar