22 okt 18:36
Yangiliklar

Ramazon Temirov UFC 280 tunirining asosiy janglari uchun taxmin bildirdi
Taniqli MMA jangchimiz Ramazon Temirov You Tube kanalimizdagi «Fight Back» ko'rsatuvining UFC 280 turniriga bag'ishlangan sonida mehmon bo'ldi. Temirov ko'rsatuv mobaynida oqshomning asosiy 3 ta jangi uchun taxmin bildirdi.
«CHarlz Oliveyra-Islam Maxachev jangida, Islam g'alaba qozonishini xohlayman. Lekin bu to'qnashuvda oldindan kimning qo'li baland kelishini aytish juda qiyin. Maxachev jangni «stoyka»da boshlab, keyin parterga o'tadi. Bahs oxirigacha boradi, g'olibni ochkolar aniqlab beradi.
Aljameyn Sterling-TJ Dillashou. Dillashouga muxlislik qilaman, chunki «stoyka»da jang qiladi. U tik turgan holatda jozibali jang ko'rsatadi. Sterling esa, raqibini parterda ushlashga harakat qiladi. To'qnashuvni Dillashou muddatidan avval yakunlaydi.
Petr Yan-SHon O'Melli. SHonning jang qilish uslubi Konornikiga o'xshash. Yan yopiq jang ko'rsatadi, zarbalari juda qattiq. O Melli hali Petr Yan darajasidagi raqibga duch kelmagan. Menimcha, bu uchrashuv 2-raundda rossiyalikning foydasiga yakunlanadi», - dedi Ramazon.
Fikrlar