30 may 20:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Ramazon Temirov UFC bilan shartnomasini yangiladi
O'zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov tashkilot bilan yangilangan shartnoma imzoladi.
Bu haqda sportchining murabbiyi Jasur Alijonov Instagram'dagi sahifasi orqali xabar berdi.
Alijonovning malum qilishicha, Ramazon Temirov UFC bilan yana 4 ta jang o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishgan.
Malumot uchun, ayni damda o'ta engil vazn toifasida UFC reytingida 13-o'rinni egallab turgan Ramazon mazkur promoushenda hozirgacha 2 ta jang o'tkazib, har ikkisida g'alaba qozongan. U 27 iyul kuni Abu-Dabida qozog'istonlik Asu Almabaev bilan bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar