06 avg 19:56
Yangiliklar
Ramazon Temirov UFC sobiq yulduziga qarshi jang qiladi - manba
O'zbekistonlik UFC top jangchisi Ramazon Temirov avval xabar berilganidek, ACBJJ Ligasida debyut qiladi.
Hamyurtimiz 30 avgust kuni Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil etiladigan ACBJJ 22 turnirida debyut qiladi.
Unga o'sha kuni Buyuk Britaniya vakili, UFC sobiq jangchisi Muhammad Mokaev bilan jang qilishi kutilmoqda. Bu haqda oktogonuz nashri xabar bermoqda.
Ilgariroq, Istanbuldagi turnirda tajribali atlet bilan jang qilishi haqida Temirovning o'zi Olamsport.com muxbirlari bilan suhbatda malum qilgan edi.
Ramazon 25 iyul kuni Abu-Dabida bo'lib o'tgan UFC Fight Night 282 turniri doirasida avstraliyalik Stiv Ercegni birinchi raundda texnik nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar