17 sen 08:40
Yangiliklar
Sport kurashlari, Boks/MMA
Ramazon Temirov UFC'dagi debyut jangiga Parij Olimpiadasi sovrindori bilan birga tayyorgarlik ko'moqda
Xabaringiz bor, o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Ramazon Temirov 13 oktyabr kuni UFC Fight Night turnirida jang qiladi.
Temirov shu kunlarda amerikalik Si Jey Vergaraga qarshi kechadigan jang uchun Toshkentda mashg'ulot olib bormoqda. Bu Ramazonning UFC'dagi debyut jangi bo'ladi.
Malum bo'lishicha, 27 yoshli hamyurtimizga mashg'ulot jarayonida o'zbekistonlik erkin kurashchi, Parij Olimpiadasining bronza medali sovrindori G'ulomjon Abdullaev hamrohlik qilmoqda va Temirovga kurash sir-asrorlarini o'rgatmoqda.
Eslatib o'tamiz, Temirov prof faoliyati davomida hozirga qadar turli promoushenlarda 19 ta jang o'tkazib, 17 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar