07 fev 18:57
Yangiliklar
Ramazon Temirov, Xotambek Boynazarov, Amirxon Alixo'jaev va boshqa yulduzlar jang qiladigan Mangu 1 turniridan ONLAYN
Musobaqaning markaziy bellashuvi yarim o'rta vazn toifasida UAE Warriors Ligasining amaldagi chempioni, hamyurtimiz Xotambek Boynazarov va Rossiya vakili Magomedxabib Ramazanov o'rtasida kechadi.
Bundan tashqari, turnir doirasida Ramazon Temirov, Azat Maksum, Amirxon Alixo'jaev, Muhiddin Mamajonov kabi taniqli aralash yakka kurash ustalari oktagonga ko'tarilishadi.
Mazkur sahifa orqali turnirda qayd etilayotgan natijalardan onlayn ravishda boxabar bo'lib borishingiz mumkin.
Asosiy kard:
Markaziy jang, yarim o'rta vaznda: Xotambek Boynazarov (O'zbekiston, 12-0-0) - Magomedxabib Ramazanov (Rossiya, 5-0-0)
Co main event, jiu-jitsu qoidalari bo'yicha: Ramazon Temirov (O'zbekiston) - Azat Maksum (Qozog'iston)
Oraliq vaznda: Amirxon Alixo'jaev (O'zbekiston, 12-6-0) - Magomed Saliev (Rossiya, 10-4-0)
Oraliq vaznda: Furqatbek Yoqubov (O'zbekiston, 16-4-0) - Nildo Machado (Braziliya, 18-6-0)
Yarim o'rta vaznda: Muhiddin Mamajonov (O'zbekiston, 8-1-1) - Rustambek Amanbaev (Qirg'iz Respublikasi, 8-3-0)
Eng engil vaznda: Suxrobbek Atajanov (O'zbekiston, 8-3-0) - Elxan Ibragimxalilov (Ozarbayjon, 6-3-0).
Prelim kard:
Yarim engil vaznda: Suhrob Mirzavaliev (O'zbekiston, 6-2-0) - Keyyar Piriev (Ozarbayjon, 4-3-0)
Eng engil vaznda: Anis Yoqubov (Tojikiston, 9-1-0) - Bekjan Utemisov (7-4-0)
O'rta vaznda: Islom Boltaev (O'zbekiston, 6-4-0) - Nikolay Kudrinskiy (Rossiya, 3-1-0)
Oraliq vaznda: SHukurjon Abdurahimov (O'zbekiston, 5-0-0) - Magomed Isaaev (Qirg'iz Respublikasi, 2-0-0)
Eng engil vaznda: SHoxzod Yo'ldoshev (O'zbekiston, 15-3-0) - Ayyom Xabirov (Tojikiston, 11-3-0)
Oraliq vaznda: Bahromjon Ro'ziev (O'zbekiston, 7-1-0) - Abdulfahad Ahmadi (Ozarbayjon, 6-3-0) LIVE
Engil vaznda: SHohrux To'raxonov (O'zbekiston, 3-0-0) - Azis Usmanov (Qirg'iz Respublikasi, 4-4-0), (1-raundda KO-TKO orqali)
Oraliq vaznda: Asadbek Eson Muhammadaliev (O'zbekiston, 3-5-0) - Solomon Demin (Rossiya, 7-3-0), (Hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra)
Eng engil vaznda: Behruz Isroilov (O'zbekiston, 5-1-0) - Jandaulet Yalimsa (Qozog'iston, 2-1-0), (2-raundda KO-TKO orqali).
Fikrlar