07 fev 15:39
Yangiliklar
"Olimpik" Proliga ishtirokchilari orasida yo'q, futbolchi va xodimlar 2025 yilning may oyidan beri maosh olishmagan
PFL matbuot xizmati rasman tasdiqlagan Proliga ishtirokchilari bugunga kelib 8 ta jamoa.

Bundan tashqari, kamida "Metallurg" va "G'azalkent" klublari ham yuqoridagi klublar safidan joy olishi kutilmoqda. "Olimpik" jamoasi esa Proliga ishtirokchilari safidan chiqadi shekilli, PFL bergan ro'yxatda bu jamoani ko'rmayapmiz.
"Olimpik" futbolchilari va xodimlari oxirgi marta 2025 yilning may oyi uchun maosh olishgan. Oradan 8 oydan ko'proq vaqt o'tdi va klub futbolchi va xodimlari oldidagi qarzdorlikni uzmagan. Bizdagi malumotlarga ko'ra, futbolchilarga maoshning malum qismigina to'lab berilishi aytilgan. Lekin, o'sha vada qilingan qismi ham to'lab berilmayapti. "Olimpik"ning taqdiri nima bo'lishi ham nomalum. Qarzdorlik yopilib, klub faoliyati davom ettiriladimi yoki qarzdorlik yopilmay quruq vadalar berishda davom etishadimi?!
Fikrlar