07 fev 13:55
Yangiliklar
Artur Beterbiev Dmitriy Bivol bilan ehtimoliy uchinchi jang haqida malumot berdi
— Turki Al ash-SHeyx bilan gaplashishga ulgurdingizmi? Keyingi jang muddatlari bo'yicha taxminlar bormi?
— Ha, gaplashdik. Hamma biladi, meni bitta savol qiziqtiradi — trilogiya masalasi. Turki Al ash-SHayx esa trilogiya shu yilning o'zida bo'lishiga menga ishontirdi. U boksning katta muxlisi va doim bu qarama-qarshilikka qiziqib kelgan.
— Dmitriy Bivol trilogiya bo'lishini tasdiqladimi?
— Menga shaxsan — yo'q, biz gaplashganimiz yo'q. Lekin Turki Al ash-SHayx optimistik kayfiyatda. Rostini aytsam, endi ishonish ham qiyin. Ammo unga vada berilgan ekan, demak, menimcha, baribir trilogiya bo'ladi. Uchrashuv yakunida Eddi Xirn (Bivolning promouteri) bilan ham qo'l berishdik, bu ham maqsadlar jiddiy ekanini ko'rsatadi", — dedi Beterbiev.
Eslatib o'tamiz, birinchi jang 2024 yil oktyabrda bo'lib o'tgan va unda Beterbiev hakamlarning ko'pchilik qarori bilan g'alaba qozongan. 2025 yil fevralda o'tgan revansh esa Dmitriy Bivol foydasiga hal bo'lgan.
Fikrlar