14 may 16:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Ramazon Temirovning UFC'dagi keyingi raqibi kim bo'lishi haqida malumotlar paydo bo'ldi
O'zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirovning navbatdagi jangi tafsilotlari haqida xabar berildi.
Sportchining murabbiyi Jasur Alijonov Olamsport.com nashriga xabar qilganidek, Ramazon Temirov 25 iyul kuni Abu-Dabida o'tkaziladigan UFC Fight Night turnirida ishtirok etadi.
Xorijiy manbalarda tarqalgan xabarlarga ko'ra, Temirov o'sha kuni amerikalik Olden "Kobra" Koria bilan jang qiladi.
Takidlash joiz, aralash yakkakurash ustamiz faoliyati davomida hozirgacha 22 ta jang o'tkazib, 19 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan. Koria hisobida esa 12 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor. U so'nggi jangini 22 fevral kuni UFC Fight Night: Striklend vs. Ernandes oqshomida amerikalik Luis Gurulega qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgandi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar