15 iyu 19:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Ramzan Kadirov Xabib bilan munosabati haqidagi savolga javob berdi
Rossiyalik siyosatchi Ramzan Kadirov sobiq UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedov bilan munosabati haqidagi savolga javob berdi.
"U bilan hech qanday nizomiz yo'q. Uni UFC loyihasi deb atadim, boshqalar esa meni gaplarimni noto'g'ri talqin qilishdi. Agar u haqida yomon gap aytishni istaginimda boshqacha gapirardim. Xabib haqida yomon gap gapirishga asosim yo'q", - dedi Ramzan Kadirov.
Eslatib o'tamiz, avvalroq CHecheniston rahbari Xabibni UFC loyihasi deb atagandi va uni jangchilarga qarshi oktagonga ko'tarilishi uchun istagan pulini berishga tayyor ekanligini malum qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar