So’nggi yangiliklar

16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0

14 apr 10:10
Yangiliklar

Dzyudo

Ramziddin Saidovni tabriklaymiz!

Bugun xalqaro toifadagi referi, "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi", "O'zbekiston belgisi" ko'krak nishoni, "SHuhrat" medali sohibi Ramziddin Saidov yana bir yoshga ulg'aydi.

Ramziddin Saidov - 1982 yil 14 aprelda Buxoroda dunyoga kelgan. Dzyudo sir-asrorlarini O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy, "El-yurt hurmati" ordeni sohibi, Olot dzyudo maktabi asoschisi Rustam To'raevdan o'rgangan. Saidov sportchilik faoliyati davomida Afina-2004 va London-2012 Olimpiadalari ishtirokchisi, Osiyo chempioni, Osiyo o'yinlari sovrindori bo'lgan. 2013 yilda -100 kg vazn toifasi reytingida 1-o'ringa ko'tarilgan. 2010 yilda Abu-Dabi Gran-Pri, Toshkentda o'tgan Jahon kubogi, 2012 yilda Moskva "Katta Dubulg'a" turnirlarida shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan. 

Malumot uchun, shu yil Tokioda bo'lib o'tadigan Yozgi olimpiya o'yinlarida hakamlik qiladi. Avvalroq, Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) Hakamlar qo'mitasi bu malumotni rasman tasdiqlagan edi. Tashkilot bu borada O'zbekiston dzyudo federaciyasiga rasmiy maktub yo'llab, tegishli sertifikatni taqdim etgandi. Saidov qisqa fursatda Jahon va Osiyo chempionatlari, "Masters", "Katta Dubulg'a", Gran-Pri hamda IJF bayrog'i ostida o'tkaziladigan boshqa barcha musobaqalarda hakamlik qilib, xalqaro ekspertlar tomonidan ijobiy baho oldi.

Fursatdan foydalanib, ham sportchilik, ham hakamlikda shuhrat qozonayotgan Ramziddin Saidovni bugungi unutilmas kun bilan muborakbod etamiz. Unga sog'liq, oilaviy baxt tilaymiz.    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing