10 mar 14:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Raqibini nokaut qilgan Mahmud Muradov chempionlik kamari uchun jang qiladi. Raqib, sana va manzil aniq (POSTER)
O'rta vazn toifasidagi o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Mahmud Muradovning keyingi jangi tafsilotlari aniq bo'ldi.
Hamyurtimiz 8 mart kuni Germaniyaning SHtutgart shahrida o'tkazilgan Oktagon 68 turniri doirasida shveycariyalik Yasubey Enomotoni ikkinchi raundda nokautga uchratgan edi.
Liga matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko'ra, Muradov endi o'rta vazn toifasidagi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang qiladi. Unga bu yo'lda chexiyalik Patrik Kinsll raqib bo'ladi.
Jang 14 iyun kuni Pragada tashkil etiladigan Oktagon 72 turnirida bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, 35 yoshli Mahmud Muradov faoliyati davomida hozirga qadar 36 ta jang o'tkazib, 28 ta g'alaba va 8 ta mag'lubiyat qayd etgan. Hamyurtimiz bilan tengdosh Patrik Kinsll hisobida esa 28 ta g'alaba va 11 ta mag'lubiyat mavjud.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar