16 jan 17:14
Yangiliklar
Boshqalar, Qishki sport turlari
Rasman. Afsonaviy Borndalen “Olimpiada-2018”ga bormaydi
Norvegiyalik afsonaviy biatlonchi Ule-Eynar Borndalen kelasi oy Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida o'tkaziladigan Qishki Olimpiadada ishtirok etmaydi.
Bu malumotni Norvegiya Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari Ture Evrebyo ham tasdiqladi.
“Borndalenning jahon Kubogidagi shaxsiy natijalari talab darajasida emas. Afsuski, u terma jamoa darajasidagi talablarni bajara olmadi”, - dedi Evrebyo Eurosport kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Qishki olimpiya o'yinlari tarixidagi eng sovrindor sportchi hisoblangan Borndalen ayni paytda jahon Kubogining beshta bosqich yakunlariga ko'ra shaxsiy hisobda 42-o'rinni band etgan. Uning joriy mavsumdagi eng yaxshi natijasi 18-o'rin bo'lib turibdi.
Havola :
Fikrlar