So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

06 dek 13:00
Yangiliklar

Boks/MMA

Rasman! BMF kamari uchun kechadigan Xollouey - Oliveyra jangi tasdiqlandi + POSTER

UFC matbuot xizmati tomonidan raqamlangan UFC 326 turnirining asosiy jangi rasman elon qilindi.

7 mart kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC 326 turniri bo'lib o'tadi. Oqshomning asosiy jangi engil vazn toifasida BMF kamari sohibi amerikalik Maks Xollouey braziliyalik sobiq UFC chempioni CHarlz Oliveyraga qarshi oktagonga chiqadi. Ushbu to'qnashuv turnirning asosiy jangi bo'ladi.

Amerikalik va braziliyalik o'rtasidagi jang ularning birinchi uchrashuvidan deyarli o'n bir yil o'tib, revansh maqomida bo'ladi. 2015 yil avgust oyida Oliveyra birinchi raunddayoq jarohat olib, jangni davom ettira olmagan va texnik nokautli g'alaba Maksga taqdim etilgan edi.

O'shandan beri 34 yoshli Xollouey va 36 yoshli Oliveyra UFC chempionligini qo'lga kiritdi. Ularning jang oldidan tashkilotdagi umumiy g'alabalari soni 48 tani tashkil qilmoqda. Maks Xollouey uchun bu o'tgan yilning aprel oyida Jastin Getjidan tortib olingan va iyul oyida Dastin Porega qarshi jangda himoya qilgan BMF kamarining ikkinchi himoyasi bo'ladi. 

Divizion reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan CHarlz Oliveyra shu yilning iyun oyida bo'sh qolgan chempionlik kamari uchun kechgan jangda Iliya Topuriyaga nokaut bilan mag'lub bo'lgandi. U shundan so'ng tezda tiklandi va oktyabr oyida Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tgan turnirda Mateush Gamrotni bo'g'ish usuli evaziga taslim etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing