25 fev 11:13
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman. Dana Uayt boshchiligidagi Zuffa Boxing o'zbekistonlik bokschi bilan shartnoma imzolanganini elon qildi
Professional boksning yarim engil vazn toifasida WBA chempionlik kamari uchun sobiq davogar o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Otabek Xolmatov faoliyatini Zuffa Boxing Ligasida davom ettiradi.
Bu haqda Zuffa Boxing Ligasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida xabar berildi.
Liganing hozirgacha kelishuvga erishgan bokschilari ro'yxatida hamyurtimiz Otabek Xolmatovni ham ko'rish mumkin.

Malumot uchun, 27 yashar hamyurtimiz prof boksda hozirgacha 14 ta jang o'tkazib, 13 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. U yagona mag'lubiyatini chempionlik bellashuvida amerikalik Raymond Forddan qabul qilib olgandi.

Havola :
Manba : x.com/zuffa_boxing
Fikrlar