06 apr 15:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman! Doston Bozorov Mangu 2 turnirida jang qiladi. Raqib ham malum (POSTER)
Poytaxtimiz mezbonligida o'tadigan Mangu 2 MMA turniriga ham oz vaqt qolmoqda.
25 aprel kuni poyxatimizdagi "Humo Arena" majmuasida o'tkaziladigan musobaqa uchun navbatdagi yirik jang elon qilindi.
Engil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi o'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi, Qozog'istonning Octagon League tashkiloti sobiq chempioni Doston Bozorov Mangu 2 musobaqasida Braziliya vakili Darlan Ferreyra bilan jang qiladi.
Malumot uchun, Doston hozirga qadar 14 ta jang o'tkazib, 13 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. Darlan Ferreyra hisobida esa 14 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : Mangu MMA
Fikrlar