10 mar 09:57
Yangiliklar
Rasman! Ekaterinburg "Katta Dubulg'a" turniri ham koronavirus sabab bekor qilindi
Aniqrog'i, 13-15 mart kunlari Rossiyaning Ekaterinburg shahrida o'tkazilishi belgilangan dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnir rasman bekor qilindi. Bu haqida musobaqa tashkilotchilari Xalqaro dzyudo federaciyasini ogohlantirib, barcha ishtirokchi davlatlarga maktub yo'llashgan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta aynan shu xavf tufayli Marokashning Rabat shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan Gran-pri turniri ham bekor qilingandi. Gran-pri turniri g'oliblari 700, "Katta Dubulg'a" chempionlari esa 1000 reyting ochkosiga ega bo'lardilar.
Reja bo'yicha 13 nafar sportchidan tarkib topgan O'zbekiston terma jamoasi ertaga tong saharda Ekaterinburg shahriga jo'nab ketishi kerak edi.
Fikrlar