22 apr 09:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. Kevin Xolland ishtirokidagi jang UFC 316 turniri kardiga qo'shildi
7 iyun kuni AQSHning Las-Vegas shahrida MMA bo'yicha UFC 316 turniri tashkil etiladi.
Ilgariroq, mazkur turnir doirasida 32 yoshli amerikalik UFC jangchisi Kevin Xolland hamyurti Visente Lyuke bilan to'qnash kelishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Tashkilot matbuot xizmati ushbu jangni rasman tasdiqladi.
Eslatib o'tamiz, Xolland o'zining so'nggi jangini mart oyida Gunnar Nelsonga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan va ikki janglik mag'lubiyatli seriyasiga barham bergan edi.
Lyuke esa avvalgi jangini 2024 yil dekabr oyida Temba Gorimboga qarshi o'tkazgan va birinchi raundda bo'g'ish usuli orqali g'olib bo'lgan edi.
Havola :
Manba : ufc.ru
Fikrlar