So’nggi yangiliklar

14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0 12:36IV Ёшлар Олимпиадаси. Бугун боксчиларимиз финал учун рингга кўтарилади. Жуфтликларнинг бирида ўзбек-қозоқ қарама-қаршилигига гувоҳ бўламиз 0 12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0

13 may 18:40
Yangiliklar

Futbol

Rasman: Maksim SHackix – "Andijon" bosh murabbiyi!

Xabaringiz bor, “Andijon” klubi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelgan Aleksandr Xomyakov istefoga chiqqach, uning o'rniga munosib nomzod topish ustuvor vazifaga aylangandi.

Klub matbuot xizmatining malum qilishicha, "Andijon" futbol klubi bosh murabbiyligiga o'zbek futboli afsonalaridan biri Maksim SHackix tayinlanganini elon qildi. 

"1978 yilning 30 avgust kuni Toshkentda tavallud topgan. Muxlislar uni futbolchi sifatida "Dinamo" Kievdagi yorqin faoliyati orqali juda yaxshi eslashadi. 

Maksim Aleksandrovich bunga qadar “Paxtakor” klubi bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borib, ushbu jamoani ikki marta O'zbekiston chempionligaga etaklab keldi. SHu kunga qadar esa u "Paxtakor" klubi raisi maslahatchisi sifatida ishlab keldi.

SHackix murabbiylik faoliyatini 2016 yili boshlagan va dastlab "Dinamo" Kiev U-17, so'ngra U-19 jamoalarida ishladi. 

2017 yilning iyun oyidan 2019 yilning avgustiga qadar "Dinamo" Kiev jamoasida bosh murabbiy Aleksandr Xackevich bilan birga samarali faoliyat olib bordi.  

2019 yilning dekabr oyidan to 2021 yilning martigacha Rossiyaning "Rotor" (Volgograd) jamoasida yana Xackevich bilan murabbiylar shtabida mehnat qildi.

2022 yilning yozidan Maksim Aleksandrovichning "Paxtakor"dagi hayoti boshlandi. Avvaliga sport direktori, keyin esa bosh murabbiy sifatidagi yorqin faoliyati bilan yodda qoldi. 

Pro licenziyasiga ega bo'lgan Maksim Aleksandrovich 14 may kunidan "Andijon" jamoasini qabul qilib oladi va uning "burgutlar" bosh murabbiyi sifatidagi debyut uchrashuvi 17 may kuni safarda "SHo'rtan"ga qarshi uchrashuvga to'g'ri keladi", – deyiladi xabarda. 

SHuningdek, "Andijon" murabbiylar shtabidagi o'zgarishlar davom etadi. Ukrainalik 54 yoshli mutaxassis Vitaliy Vasilevich SHpanyuk jamoada jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy vazifasida ish olib boradi.

SHpanyuk 1971 yilning 12 fevral kuni Ukrainada tavallud topgan. Pro licenziyasiga ega bo'lgan mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida "Kremen" (Ukraina), "Arsenal" (Kiev, Ukraina), Ukraina terma jamoasi, "Slavutich" (Ukraina), "Karpati" (Ukraina), "Anji" (Rossiya), "Dinamo" Tbilisi (Gruziya), "Lvov" (Ukraina), "Vorskla" (Ukraina), "Rotor" (Rossiya) va "Paxtakor" klublarida ishlagan. SHpanyuk barcha jamoalarda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy rolida faoliyat yuritgan.

Avvalroq "Eshitdik"da rukni ostida SHackix seshanba kuni klub bilan shartnoma imzolashi haqida xabar bergan edik.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing