20 may 19:54
Yangiliklar
Rasman! Mangu 3 turnirining markaziy jangi malum bo'ldi (POSTER)
6 iyun kuni Mangu MMA Ligasi qo'hna va hamisha navqiron Samarqand shahrida o'zining uchinchi turnirini o'tkazadi.
"Dinamo" stadionida bo'lib o'tadigan musobaqaning markaziy jangida yarim o'rta vazn toifasida UAE Warriors Ligasi chempioni, hamyurtimiz Xotambek Boynazarov portugaliyalik Renjel de Saga qarshi bahs olib boradi.
Malumot uchun, Xotambek faoliyatida 13 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Renjel de Sa hisobida esa 16 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : Mangu MMA
Fikrlar