07 apr 13:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. Miller va Uordli WBA Interim kamari uchun jang qiladi
Queensberry Promotions kompaniyasi super og'ir vazndagi amerikalik bokschi - Jarrel Miller (26-1-2, 22 KO) va britaniyalik Fabio Uordli (18-0-1, 17 KO) o'rtasidagi jangni rasman elon qildi.
Jang 7 iyun kuni Uordli tug'ilgan Ipsvich shahridagi "Portman" stadionida bo'lib o'tadi.
Bellashuv WBA vaqtinchalik chempionlik kamari uchun tashkil etiladi.
Uordli so'nggi jangini o'tgan yilning oktyabr oyida Freyzer Klarkga qarshi o'tkazib, ilk raundda nokaut orqali g'olib bo'lgandi.
Miller esa 2024 yilning avgust oyida Endi Ruisga qarshi jang qilgan va bahs durang bilan tugagan.
Malumot uchun, super og'ir vaznda WBA chempionlik kamariga Aleksandr Usik egalik qiladi.
Havola :
Manba : Queensberry Promotions
Fikrlar