05 mar 18:07
Yangiliklar
Boks/MMA, Osiyo o'yinlari

Rasman. MMA 2026 yilgi yozgi Osiyo o'yinlari dasturiga kiritildi!
Bu haqda Osiyo Olimpiya Kengashi o'yinlarda ishtirok etuvchi Olimpiya qo'mitalarini xabardor qilib ulgurgan.
Malum qilinishicha, MMA sport turi 2026 yilning 19 sentyabr — 4 oktyabr kunlari Yaponiyaning Nagoya shahrida bo'lib o'tadigan XX yozgi Osiyo o'yinlari dasturiga kiritilgan.
Mazkur sport turni bo'yicha musobaqalar ikki uslubda — zamonaviy va ananaviy tarzda jami 6 ta vaznda o'tkaziladi:
Erkaklar:
Zamonaviy uslub: 60 kg va 71 kg
Ananaviy uslub: 65 kg va 77 kg.
Ayollar:
Zamonaviy uslub: 54 kg
Ananaviy uslub: 60 kg.
Ananaviy uslubda sportchilar maxsus jilet va shortilarda, zamonaviy uslubda esa rashgvard va shortilarda bellashadilar.
Havola :
Manba : oca.asia
Fikrlar