So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

25 fev 17:51
Yangiliklar

Sport kurashlari

Rasman. Osiyo licenzion turniri Bishkek shahrida o'tkaziladi

Sport kurashlari bo'yicha Tokio-2020 Olimpiadasi chiptalari o'ynaladigan Osiyo qitasining licenzion turniri Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida o'tkaziladigan bo'ldi.

Bu malumotni Birlashgan kurash dunyosi (United World Wrestling) prezidenti Nenad Lalovich ham tasdiqladi. Aslida bu musobaqaga Xitoy davlati mezbonlik qilishi kerak edi. Lekin CHin yurtida tarqalgan koronavirus sabab boshqa sport turlari qatori sport kurashlari turniri ham bekor qilindi.     

"Qirg'iziston hukumati hamda mamlakat sport kurashlari federaciyasi shunday nufuzli va shu bilan birga muhim ahamiyatga ega musobaqani qabul qilish istagini bildirganidan xursandman, - dedi Lalovich. - Olimpiada yo'llanmasi uchun kechadigan turnirda ishtirok etishni hamma ham xohlaydi, shu jumladan xitoyliklar ham. Bu mamlakat kurashchilari Serbiyaga jo'natildi. Ular u erda uzoqroq muddat qolishadi va karantin holatida bo'lishadi. Serbiya tomoni mashg'ulot va trenajyor zali, gilam, borcovkalar bilan taminlaydi. Qayta tekshiruvdan o'tishgach. hammasi joyida bo'lsa, Belgraddan to'g'ri Bishkekka yo'l olishadi". 

Malumot uchun, Osiyo kvalifikacion turniri 27-29 mart kunlari bo'lib o'tadi. Finalga etib kelgan kurashchilar Tokio-2020 Olimpiadasiga yo'llanmani qo'lga kiritishadi. So'nggi jahon licenzion turniri esa 30 apreldan 3 maygacha qadar Bolgariyada o'tkaziladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing