23 iyu 07:51
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman. O'zbekiston tarixida ilk bor UFC'ning bitta vaznida ikki nafar hamyurtimiz jang qiladi
O'rta vazn toifasidagi o'zbekistonlik UFC jangchilari soni ikkitaga etdi.
Avval bu vaznda yurtimiz sharafini Mahmud Muradov (25-8) himoya qilib kelayotgan edi. Muradov shu kungacha UFC'da beshta jang o'tkazib, uchta g'alaba, ikkita mag'lubiyat qayd etgan. U keyingi jangini 22 iyul kuni Londonda amerikalik Brayan Barberenaga (18-10) qarshi o'tkazadi.
SHuningdek, kuni kecha yana bir hamyurtimiz - Nursulton Ro'ziboev (34-8-2) ham UFC bilan shartnoma imzoladi. U ham o'rta vaznda jang qiladi. 2 iyul kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan turnirda unga braziliyalik Bruno Ferreyra (10-0) raqiblik qilishi kutilmoqda.
Hozircha UFC Rosterida aktiv holatda bo'lib turgan hamyurtlarimiz ham aynan Mahmud Muradov va Nursulton Ro'ziboevdir.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar